Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonovning Turkiyalik investorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2026-03-30 10:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonovning Turkiyalik investorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida investorlar tomonidan integratsiyalashgan parrandachilik ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari ekosistemasi loyihasi taqdim etildi. Loyiha doirasida yuqori mahsuldor parrandachilikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, integratsiyalashgan kushxona majmuasi, omuxta yem zavodi, naslchilik va inkubatoriya markazi hamda oziqlantirish va qayta ishlash jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, loyiha doirasida mahalliy xom-ashyo va resurslardan samarali foydalanish, ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni oshirish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va loyiha ustida amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.










