Ulug‘norda Janubiy Koreya investori bilan istiqbolli qishloq xo‘jaligi loyihalari muhokama qilindi
2026-03-06 15:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov hamda Andijon agroteknologiyalar va qishloq xo‘jaligi institutining prorektori ishtirokida Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan investor — Choi xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga eksport qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar Ulug‘nor tumanining qishloq xo‘jaligi salohiyati, mavjud yer maydonlari hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashib, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilish bo‘yicha qator takliflarni ko‘rib chiqdilar.





