Ayollarga ehtirom – Ulug‘norda 8-mart bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi
2026-03-06 14:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani 21-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov, tuman prokurori Sh.Temirov hamda tuman IIB boshlig‘i X.Abdurahmonov ishtirok etib, tumandagi aziz va mo‘tabar ayol-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan faol va namunali ayol-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda tadbir san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.









