“Mening maktabim” loyihasiga takliflar qabul qilish boshlandi
Joriy yilning 15 dekabridan 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichi boshlandi.
Bosqichlar:
✅ 15–24 dekabr — loyihalarni shakllantirish;
✅ 25 dekabr – 10 yanvar — loyihalarni saralash;
✅ 11–20 yanvar — ovoz berish jarayonlari.
O‘quvchilar “Ochiq byudjet” portali orqali o‘z loyihalarini quyidagi usullarda taqdim etishlari mumkin:
avtomatik tarzda — tayyor loyiha namunalaridan tanlash orqali;
mustaqil ravishda — mavjud namunalardan tashqari yangi loyihalarni shakllantirish orqali.
Loyihada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zlari tahsil olayotgan umumta’lim maktabiga doir tashabbuslarni ilgari surishlari hamda ovoz berishlari mumkin
