MAKTAB VA BOGʻCHALAR TIZIMIDA KATTA YANGILIKLAR!
2025-09-10 10:45:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilib, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi:
☑️ Olimpiadalar: Bu yil o‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 195 ta medal oldi. Ularga davlat tomonidan 10 mlrd so‘m, ustozlariga esa 3,5 mlrd so‘m mukofot beriladi.
☑️ Bog‘chalar qurilishi: Hokimlarga bo‘sh yerlarni auksionga chiqarib, shu yerlarda yangi bog‘chalar qurish topshirildi. Yangi xususiy bog‘chalarga subsidiya beriladi. Tarbiyachilarning maoshi qisman qoplanadi.
☑️ Ko‘p qavatli uylarda bog‘cha Endi tadbirkorlar yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning 1-qavatida bog‘cha ochsa, ular ham davlatdan imtiyozlar oladi.
☑️ Tarbiyachilar tayyorlash: Yangi o‘quv yilidan “1+5” tizimi joriy qilinadi: 1 kun o‘qish, 5 kun ish. Bu orqali har yili 10 mingga yaqin oliy ma’lumotli tarbiyachi yetishib chiqadi.
☑️ Sun’iy intellekt darslari: Keyingi yildan yuqori sinflarda sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Shuningdek, viloyatlarda 3 ta yo‘nalishda maxsus maktablar tashkil etiladi:
◦ Axborot texnologiyalari – Al-Xorazmiy maktabi
◦ Muhandislik – Mirzo Ulug‘bek maktabi
◦ Tabiiy fanlar – Ibn Sino maktabi
👆Bu maktab bitiruvchilari yaxshi o‘qisa, texnika oliygohlariga 2-kursdan qabul qilinadi.
☑️ Texnikum va ishlab chiqarish: Investor buyurtmasi bilan texnikumlarda kadrlar tayyorlanadi. Investor talabiga ko‘ra, dasturning 30% gacha o‘zgartiriladi. Dual ta’lim tashkil etgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi.
☑️ 12 yillik ta’lim tizimi: O‘zbekistonda maktabga tayyorlov ham maktab tizimiga qo‘shilib, 12 yillik ta’limga o‘tiladi:
◦ 6 yoshdan – 1 yil tayyorlov, keyin 4 yil boshlang‘ich ta’lim
◦ 5–9-sinf – 5 yil umumiy ta’lim
◦ Keyingi 2 yil – to‘liq o‘rta ta’lim (maktab, lisey, harbiy maktab yoki texnikumda).
