Uchquduqda feruza toshlar qayta ishlanadi
2025-06-02 13:55:00 / Yangiliklar

“Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi” doirasida Uchquduq tumani hokimi Uchqun Yelmuratov Xitoyning "NEWA AI GROUP LIMITED" kompaniyasi rahbari Shiau Ching Hva bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.
Natijada korxona Uchquduq tumanida qiymati 5 mln. dollar bo‘lgan feruza toshlarini qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolashga erishildi.
