«YIL AYOLI — 2026»: ISTE’DOD, FIDOYILIK VA TAŞABBUSLAR E’TIROFI
2026-11-17 17:35:00 / Yangiliklar
Iste’dod, izlaniş, taşabbus va fidoyilik! Ayolning jamiyatdagi örnini belgilaydigan muhim fazilatlar. Uçquduq tumanida ötkazilgan «Yil ayoli — 2026» milliy tanlovi aynan şu fazilatlarni özida mujassam etgan faol va taşabbuskor xotin-qizlarni bir maydonga jamladi.
“Qizilqum” madaniyat uyida bölib ötgan mazkur tanlovni tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği N. Najmiddinova kiriş sözi bilan oçib, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş, turli sohalardagi faolligini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtaldi. Tanlov iştirokçilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Uç bosqiçli şartlar asosida taşkil etilgan bellaşuvda iştirokçilar öz izlanişlari, hayotiy tajribasi, mehnatga bölgan munosabati va yangi ğoyalarga intilişini namoyiş qildilar.
Tanlov yakuniga köra, quyidagi iştirokçilar turli nominatsiyalar böyiça ğoliblikni qölga kiritdilar:
· «Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli» — N. Muydinova;
· «Yilning eng jonkuyar ustozi» — F. Nurmatova;
· «Yilning eng faol soğlom turmuş tarğibotçisi» — M. Zaripova;
· «Yilning eng yangi ğoyalar taşabbuskori» — F. Suyarova;
· «Yilning eng yaxşi IT-dasturçi ayoli» — N. Mahkamova;
· «Yilning eng yaxşi uy bekasi» — Ş. Xolova;
· «Yilning eng kuçli ma’naviy-ma’rifiy tarğibotçisi» — G. Kojamuratova.
Tanlovda faol iştirok etgan xotin-qizlar taşakkurnomalar bilan, ğoliblikni qölga kiritgan iştirokçilar esa diplom va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Albatta, «Yil ayoli» kabi tanlovlar xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini yanada yuksaltiriş, ularning iqtidori, mehnati va taşabbuslarini keng namoyon etiş uçun muhim maydon vazifasini ötaydi. Muhimi, bunday e’tiroflar yangi marralar sari intilayotgan opa-singillarimizga kuç va işonç bağişlaydi.
Uçquduq tuman hokimligi Axborot xizmati.
