UÇQUDUQ AHOLISI DIQQATIGA! KIBERFIRIBGARLIKDAN OGOH BÖLING
2026-11-16 14:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Uçquduq tumani içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Kaxarov Zafarjon Sunatillayeviçning tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum, hurmatli Uçquduq tumani aholisi va mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlar birgina maqsad — xalqni rozi qiliş va ularga yaqindan xizmat körsatişga qaratilgan bölib, bunda ikki muhim masalaga, ya’ni tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş hamda fuqarolar salomatligini muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jinoyatçilikni mahallabay jilovlaş, aholining kundalik ijtimoiy-maişiy muammolarini fuqarobay hal etiş borasida yangiça işlaş tizimi yölga qöyildi.
Hurmatli tumandoşlar!
Bugun barçamiz uçun muhim bölgan masala — kiberxavfsizlik va internetdagi firibgarliklardan himoyalaniş haqida töxtalib ötmoqçiman.
Sönggi yillarda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar, onlayn tölovlar va elektron xizmatlar kundalik hayotimizga katta qulaylik yaratmoqda.
Afsuski, uşbu qulayliklardan kiberjinoyatçilar ham foydalanmoqda. Ular turli usullar orqali fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari, bank kartalari rekvizitlari hamda maxfiy kodlarini qölga kiritişga harakat qiladilar.
Kiberjinoyat — kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanilgan holda sodir etiladigan jinoyat turidir. Bunday jinoyatlar fuqarolarning mol-mulkiga, şaxsiy ma’lumotlariga va axborot xavfsizligiga zarar yetkazişga qaratilgan böladi.
Bugungi kunda kiberjinoyatçilar tomonidan quyidagi usullar keng qöllanilmoqda:
soxta bank xabarlari yoki "pul yutuği" haqidagi SMS va internet xabarlari yuboriş;
özini taniş inson sifatida taniştirib, bank kartasi ma’lumotlarini qölga kiritişga uriniş;
işga joylaştiriş, grant yoki kredit ajratiş bahonasida fuqarolardan pul talab qiliş;
turli messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali zararli havolalarni yuboriş.
Şu munosabat bilan sizlardan quyidagilarga qat’iy amal qilişingizni sörayman:
Noma’lum havolalarga kirmang va begona fayllarni yuklab olmang.
Parol, PIN-kod va tasdiqlaş kodlarini heç kimga bermang.
Bank kartangiz rekvizitlari hamda SMS orqali kelgan tasdiqlaş kodlarini sir saqlang.
Şubhali qönğiroq yoki xabarlarga işonmang.
Farzandlaringiz va yaqinlaringizni internetdagi xavflardan muntazam ogohlantirib boring.
Agar şubhali holatga duç kelsangiz yoki firibgarlik alomatlarini sezsangiz, darhol 102 yoki 112 qisqa raqamlariga murojaat qiling.
Eslab qoling, kiberxavfsizlik — bu nafaqat texnik masala, balki har birimizning huşyorligimiz va mas’uliyatimizdir.
Öz ma’lumotlaringizni asrang, özingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Xavfsiz internet — xavfsiz jamiyat!
