SPORTÇILARIMIZDAN XALQARO MAYDONDA YANGI ĞALABALAR!
2026-11-12 10:15:00 / Yangiliklar

Uçquduq tumani sport maktabi tarbiyalanuvçilari nufuzli musobaqalarda munosib natijalarni qölga kiritib, yurtimiz şarafini munosib himoya qilmoqda.
«Prezident olimpiadasi» sport musobaqalari doirasida para pauerlifting böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda Umrzoq Abdujalilov faxrli 2-örinni egallab, Respublika bosqiçida 5 million söm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Yana bir quvonarli natija Turkiyaning Istanbul şahrida 28-oktyabr — 7-noyabr kunlari IBSA tomonidan pauerlifting va yotgan holda ştanga kötariş böyiça ötkazilgan jahon çempionatida qayd etildi.
Uçquduq tumani sport maktabi tarbiyalanuvçisi Qutluğnigora Rayimova kattalar va yoşlar örtasidagi bellaşuvlarda yuksak mahoratini namoyiş etib, jami 4 ta medal — 2 ta oltin va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi.
Bu ğalaba ortida nafaqat yoş sportçining maşaqqatli mehnati, intilişi va matonati, balki onasi Ra’no Asobayevaning işonçi va beqiyos qöllab-quvvatlaşi ham mujassam, desak töğri böladi.
Yoşligidan onasi Qutluğnigorani qölidan yetaklab sport tögaragiga olib borgan. Uning har bir maşğuloti, ilk yutuği va kiçik qadamini katta umid bilan kuzatib kelgan. Sportga bölgan qiziqişini nafaqat ma’naviy, balki moddiy jihatdan ham qöllab-quvvatlagan.
Qizining orzulari yölida doimo yelkadoş bölib kelgan onasi bu safar ham Istanbulda uning yonida böldi. Har bir bellaşuvni hayajon bilan kuzatib, ğalabalarini birga nişonladi.
— Qutluğnigorani köriş imkoniyati çeklangan bölsa-da, uning qalbida sportga bölgan iştiyoq va katta maqsadlar doimo kuçli bölgan. Istanbuldagi jahon çempionatida ham yonida böldim. Har bir bellaşuvini hayajon bilan kuzatdim. Bu medallar ortida qizimning tinimsiz mehnati, matonati va heç qaçon ortga çekinmagan irodasi mujassam. U bilan faxrlanaman va hali köplab zafarlarga erişişiga işonaman. Qutluğnigoraning irodasi menga ham kuç bağişlaydi, doimo qöllab-quvvatlaşga tayyorman, - deydi Ra’no Asobayeva.
Ğolib sportçilarni taqdirlaş marosimi «KELAJAK” yoşlar markazida bölib ötdi. Unda tuman hokimi örinbosari Nurladin Muratov iştirok etib, sportçilarni erişgan yutuqlari bilan samimiy qutladi hamda esdalik sovğalarini topşirdi.
Bu ğalabalar yoş sportçilarning tinimsiz mehnati, matonati va qat’iyati samarasidir. Işonçimiz komilki, ularning bugungi yutuqlari ertangi yanada katta zafarlar uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi!
Umrbek Salimov,
Uçquduq tuman sport maktabi direktori.

