UCHQUDUQLIK SPORTCHILAR — O‘ZBEKISTON KUBOGI SOVRINDORLARI!
2026-10-29 10:50:00 / Yangiliklar

2026-yil 26–29-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha 2008–2009-yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlarida Uchquduq tuman sport maktabi sportchilari munosib natijalarga erishdi.
Ibragimov G‘olibjon — 68 kg vazn toifasida 1-o‘rin;
Azamatov Asror — 68 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu natijalar sportchilarning muntazam mashg‘ulotlari hamda murabbiy Abdurasul Abdurashidovning tinimsiz mehnati samarasidir.
G‘olib va sovrindor sportchilarni, ularning murabbiyini tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
