UCHQUDUQ TUMAN 2-SON TEXNIKUMI VA BELARUS: XALQARO HAMKORLIKDA YANGI QADAM!
2026-10-23 15:10:00 / Yangiliklar

Uchquduq tuman 2-son texnikumi direktori Nazarov Sherzod Nabijanovich Belarus Respublikasiga xizmat safari davomida Gomel davlat avtomexanika kolleji direktori Gennadiy Vasilyevich Kozlov hamda Gomel davlat kimyo-texnologiya kolleji direktori Aleksandr Aleksandrovich Gorlenko bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Kelishuvlarga muvofiq, “1+1” ta’lim dasturini joriy etish, o‘quvchilar almashinuvi, pedagoglar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining tajriba almashishi hamda malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
