Tuman hokimi o‘rinbosari Nurladin Muratovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-10-20 16:55:00 / Yangiliklar
💠Uchquduq tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nurladin Muratovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etdi.
🔺Qabulda fuqarolar o‘z masala va muammolari bilan qatnashdi.
💠Qabul davomida asosan bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxonalarga mehnat yarmarkasi va amaliy tashriflar uyushtirish bo‘yicha masullarga topshiriqlar berildi.
