Talaba oʻqish paytida maosh oladi: bitirgach 2 yil ishlaydi
2026-10-05 18:20:00 / Yangiliklar

2027/2028 oʻquv yilidan oliy ta'limda korxona buyurtmasi asosida dual ta'lim tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibga koʻra:
▪️ talaba oʻqish davrida korxonada amaliyot oʻtaydi va har oy kamida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ish haqi oladi;
▪️ oʻqishni tamomlagandan soʻng kamida 2 yil shu korxonada ishlaydi;
▪️ qabul korxonalar buyurtmasi asosida toʻlov-kontrakt shaklida amalga oshiriladi.
Tizim «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili asosida yoʻlga qoʻyiladi.
