O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-177-son Farmoni imzolandi.
2026-09-29 10:15:00 / Yangiliklar
Davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini realizatsiya qilishda quyidagi tartiblar joriy etiladi:
Auksion qadami. Elektron onlayn-auksionlarda auksion qadami obyektning boshlang‘ich qiymatining 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Yagona ishtirokchi. Takroriy savdolarga faqat 1 nafar talabgor tomonidan ariza berilgan taqdirda, unga mazkur savdolarda e’lon qilingan narxda lotni ixtiyoriy ravishda sotib olish taklif etiladi.
Muddatlarning qisqartirilishi. Elektron onlayn-auksionlar va tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilish muddati 30 kundan 15 kungacha, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kungacha qisqartiriladi.
To‘lovning imtiyozli shartlari. Qiymati 23 ming BHMdan (bazaviy hisoblash miqdoridan) yuqori bo‘lgan davlat aktivlari hamda qiymati 8 ming BHMdan yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastlari uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
6 oy davomida qiymatning 100 foizini to‘lash sharti bilan 25 foiz miqdorida chegirma beriladi;
6 oy davomida qiymatning 50 foizini to‘lash sharti bilan 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi;
3 oy davomida qiymatning 35 foizini to‘lash sharti bilan 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
«Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ, Navoiy viloyati vakili M. Jurumbayev
