DAVLAT AKTIVLARI — YANGI INVESTISIYA VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI
2026-09-28 10:45:00 / Yangiliklar
Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish orqali iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini kengaytirishga yangi qadam
Bugun mamlakatimizda iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususiy sektorning o‘rni va rolini yanada oshirish, investisiyalarni keng jalb etish hamda davlat aktivlaridan samarali foydalanishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.
Shu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 28 avgustdagi PF–177-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur hujjat iqtisodiyot tarmoqlarida transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirish, investisiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish va davlat aktivlarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Asosiy maqsad — davlat ishtirokini qisqartirish
Farmonga muvofiq, 2026 yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish dasturining muhim maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan.
Xususan:
savdoga chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 85 ta davlat ishtirokidagi korxonani tugatish va qayta tashkil etish, umumiy qiymati qariyb 100 trillion so‘mlikdavlat va davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari hamda yer uchastkalarini savdoga chiqarish va bundan kamida 14 trillion so‘mtushum ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan.
Bu raqamlar xususiylashtirish jarayoni endi faqat ayrim ob’yektlarni sotish bilan cheklanib qolmasdan, iqtisodiyotda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi nisbatni yanada optimallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli jarayon ekanini ko‘rsatadi.
Tadbirkorlar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar
Farmonning e’tiborga molik jihatlaridan biri — davlat aktivlarini sotib olishda tadbirkorlar uchun to‘lov mexanizmlarining qulaylashtirilganidir.
Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olishda 15 foiz miqdorida avans to‘lovi belgilanadi. Avansni to‘lash uchun 30 kalendar kun muddat beriladi, qolgan summani esa belgilangan tartibda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Ayniqsa, yirik aktivlar bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar tadbirkorlar uchun muhim:
Birinchidan, elektron onlayn-auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan, xarid to‘lovi BHMning 23 ming baravaridan yuqori bo‘lgan davlat aktivlari hamda BHMning 8 ming baravaridan yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari uchun:
•xaridor 6 oy ichida to‘lovning 100 foiziniamalga oshirsa, umumiy summaga nisbatan 25 foiz chegirma qo‘llanadi;
•6 oyda 50 foiz to‘lov amalga oshirilsa, qolgan mablag‘ni 7 yil davomida foizsizbo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin;
•3 oyda 35 foiz to‘lov qilinsa, qolgan summa 5 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.
Bundan tashqari, davlat aktivi uchun to‘lovning kamida 50 foizi to‘langanidan so‘ng, xaridorga ob’yektni rekonstruksiya qilish, jumladan, yangi qurilish uchun buzish va ta’mirlash huquqi beriladi.
Bu esa investorga aktivni xarid qilish bilan bir vaqtda uni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Sotilmagan aktivlar ham “harakatga keltiriladi”
Amaliyotda ayrim davlat ob’yektlari auksionga chiqarilgan bo‘lsa-da, ularga xaridor topilmasligi mumkin.
Farmonda bunday holatlar uchun ham yangi mexanizm belgilangan.
Jumladan, davlat aktivi ochiq elektron onlayn-auksion yoki birja savdosida 3 oy davomida sotilmasa, uning boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich, har safar 10 foizdan, 10 foizgacha pasaytirish imkoniyati nazarda tutilgan.
Aktiv 2 oy davomida sotilmagan taqdirda esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga uni lotlarga ajratish yoki birlashtirgan holda qayta savdoga chiqarish vakolati berilgan.
Bu mexanizmning asosiy maqsadi — foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan aktivlarni iqtisodiy oborotga tezroq qaytarishdir.
Farg‘ona viloyatida ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda
PF–177-sonli Farmonning 1-ilovasida hududlar kesimida davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish ko‘rsatkichlari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 65 ta ko‘chmas mulk ob’yekti ommaviy savdolarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Ularning umumiy egallagan yer maydoni 30,2 gektar, bino va inshootlar maydoni esa 44 058,9 kvadrat metrni tashkil etadi.
Shuningdek, viloyatda yana 38 ta aktivniommaviy savdolarga chiqarish va sotish jarayonlarini jadallashtirish belgilangan bo‘lib, ularning yer maydoni 8,6 gektar, bino va inshootlar maydoni 28 215,6 kvadrat metrnitashkil etadi. Bundan tashqari, maqbullashtirish hisobiga 1 ta ma’muriy bino ham savdoga chiqarilishi nazarda tutilgan.
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Navoiy viloyat vakili A.Agzamov
