V USTOZLAR MILLIY FORUMI: SHO‘BA YIGʻILISHLARI BOSHLANDI
2026-08-21 17:30:00 / Yangiliklar

🔹Bugun Uchquduq tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan Beshinchi ustozlar milliy forumining sho‘ba yig‘ilishlari boshlandi.
🔸Mashg‘ulotlarda viloyat miqyosida tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda ishtirok etib, malaka oshirgan tajribali ustozlar trenerlik qilmoqda. Ular pedagoglarga zamonaviy ta’lim usullari, ilg‘or tajribalar va yangicha yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar bermoqda.
