JAJJI YULDUZLARNING IQTIDORI SINOVDAN O‘TDI
2026-08-03 17:30:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Uchquduq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida joriy yilning 30-iyul kuni 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tanlov davomida jajji ishtirokchilar o‘zlarining iste’dodi, sahna madaniyati, ijodkorligi hamda jamoaviy chiqishlari bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Ertak” jamoasi g‘olib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin – 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Kaptarcha” jamoasi hamda 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Quyoshjon” jamoalariga nasib etdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
3-o‘rin – 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Baxtli bolalik” jamoasi hamda 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Yulduzcha” jamoalari egallab, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
