SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
2026-07-21 17:00:00 / Yangiliklar
🔸Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Uchquduq tumanida sayyor qabullar muntazam tashkil etilmoqda.
🔻Navbatdagi sayyor qabul Uchquduq tuman Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i Azizbek Jo‘rayev tomonidan “Do‘stlik” mahallasi fuqarolari uchun o‘tkazildi.
🔺Qabul davomida fuqarolarning avtotransport vositalariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish, aliment undiruvi, ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda ijro ishi yurituviga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinib, atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔹Har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi va nazoratga olindi.
