Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi yuritiladi
2026-06-25 17:15:00 / Yangiliklar
📜 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiya darajasini aniqlash va uni minimallashtirish maqsadida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi.
📑 Xavf-xatarlar xaritasi quyidagilar asosida shakllantiriladi:
🔹 korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili;
🔹 aholining korrupsiyaga bo‘lgan munosabati;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosatning samaradorligiga doir ma’lumotlar;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning axboroti.
🏛 Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi.
🔎 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik natijasida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish qonunda belgilangan tartibda, vakolatli davlat organining, manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi.
⛔️ O‘zi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmasdan 2 yil davomida intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
