KUN TARTIBIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALASI
2026-05-15 16:05:00 / Matbuot anjumanlari
🔻O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan tasdiqlangan nazorat-rejaning tegishli bandiga asosan Uchquduq tuman hokimligida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar va matbuot anjumani tashkil etildi.
🔹Tadbirda Uchquduq tuman hokimligi xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlariva OAV vakillari ishtirok etdi.
🔸Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ulug’bek To‘rayev hamda tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Laziz Gadoyev tomonidan murojaatlar bilan ishlash tartibi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
