UCHQUDUQ TUMANIGA INVESTISIYA KIRITISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN STATISTIK VA BOSHQA AXBOROTLAR
2026-06-05 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-58-sonli qarorining 12-ilovasiga muvofiq, Navoiy viloyati hududida investisiya loyihalarini amalga oshirish sharti bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining toifasini o‘zgartirish masalalari belgilangan.
Ushbu qarorga asosan, Uchquduq tumanida quyidagi yer maydonlari investisiya loyihalarini jalb etish sharti bilan toifasini o‘zgartirish taklif etilmoqda:
Taklif etilayotgan yer maydonlari (statistik ma’lumot):
1. “Juzquduq” ovuli – 73 gektar.
2. “Bozdun” OFY hududi – 11,7 gektar maydonda qum - shag‘al qazib olishni tashkil etish loyihasi.
3. “Altintau” -3 hududi – 43,2 gektar maydonda kaolinni qazib olish, qayta ishlash va boyitish loyihasi.
4. “Altintau” -3 hududi (ikkinchi uchastka) da – 16 gektar maydonda “feruza” toshlarini qazib olish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasi.
5. Janubiy Qirqquduq hududi – 0,5 gektar maydonda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish loyihasi.
6. Kokpatas-2 hududi – 7 gektar maydonda kvars qazib olish loyihasi
Jami taklif etilayotgan yer maydoni: 151,4 gektar.
Bugungi kunga kelib, Uchquduq tuman hokimligi tomonidan mazkur yer maydonlarining toifasini o‘zgartirish yuzasidan tegishli hukumat komissiyasiga rasmiy takliflar kiritildi.
Shuningdek, ushbu jarayon doirasida:
-yer maydonlarining huquqiy va iqtisodiy asoslari o‘rganilmoqda;
-investisiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilinmoqda;
-infratuzilma bilan ta’minlash holati baholanmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur hududlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlar bo‘yicha:
-manzilli ro‘yxat shakllantirilmoqda;
-loyiha takliflari yig‘ilmoqda;
-investision hamkorlik yo‘nalishlari aniqlanmoqda.
Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi natijasida:
1. Yangi investisiya loyihalari ishga tushiriladi;
2. Qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi;
3. Hudud iqtisodiy salohiyati oshadi;
4. Infratuzilma va ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanadi.
Uchquduq tuman hokimligi investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi.
