SESSIYA TO‘GʻRISIDA AXBOROT
2026-05-25 18:40:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibida muhokama qilingan masalalarga aloqador korxona-tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini Kengash raisi Umrbek Salimov olib bordi. Shu jumladan majlisda tuman hokimi Uchqun Yelmuratov ham ishtirok etdi.
Deputatlar kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish,
Uchquduq tuman soliq inspeksiyasining 2026-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari va tuman mahalliy budjeti bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevralda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonining ijrosi to‘g‘risida, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqish haqidagi shu va shunga o‘xshash muhim masalalarni muhokama qildilar.
Majlis kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Hamrayev, tuman hokimi o‘rinbosari N.Muratov, Uchquduq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori U. Xudoyqulov va boshqalarning axborot va hisobotlari tinglandi.
Kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan muzokaralarda Xalq deputatlari Uchquduq tuman kengashi deputati M.Abdikarimov, L.Karimova, G.Allanovalar so‘zga chiqdilar.
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi kun tatibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ijroga qaratildi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
