OLIYGOHDAN BIZNES SARI
2026-05-21 18:45:00 / Yangiliklar

Yosh tadbirkorning 1,5 milliard so‘mlik yirik loyihasi foydalanishga topshirilish arafasida
Uchquduq tumanida ham oliy ta’lim muassasasini (OTM) tamomlab, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan shijoatli yoshlar talaygina .
Ana shunday faol yoshlardan biri boshqarayotgan "Sharq - sharobi" MCHJ ayni kunlarda aholi uc hun zamonaviy umumiy ovqatlanish shoxobchasini foydalanishga topshirish arafasida turibdi.
"Sharq - sharobi" MCHJ rahbari o‘z g‘oyasiga ishonib, loyihaga 1 milliard so‘m miqdoridagi shaxsiy mablag‘ini yo‘naltirdi.
Ushbu jasorat va puxta ishlangan biznes-reja davlatning e’tiboridan chetda qolmadi. Loyihani to‘liq yakunlash uchun bank tomonidan 500 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
Jami 1,5 milliard so‘mlik ushbu investisiya evaziga qisqa muddatda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega bo‘lgan, shinam va barcha standartlarga javob beradigan umumiy ovqatlanish maskani qad rostladi.
Bugun Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratov mazkur binoga tashrif buyurib, yosh tadbirkor bilan suhbatlashdi.
Hozirda jihozlash ishlari olib borilayotgan umumiy ovqatlanish maskani yosh tadbirkorning muhim qadami, bu o‘z navbatida tengdoshlari uchun haqiqiy motivatsiya namunasi ekanligini ta’kidladi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
