“Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
2026-05-12 15:20:00 / Yangiliklar
"Qizilqum" madaniyat uyida yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon oila” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Mahallarda tanlovga ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan oilalar dastlabki bosqichda o‘zaro kuch sinashdilar. Keyingi tuman bosqichida “Mening mahallam – mening faxrim!”, savol-javob va asarni sahnada jonlantirish shartlarida bellashuvlar qizg‘in va murosasiz asosda kechdi.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, “Navoiy” mahallasidan Ilhomovlar oilasi faxrli – birinchi, “Mustaqillik” mahallasidan Ro‘ziyevlar oilasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Barcha shartlarda uyg‘unlik va mukammallik ko‘rsatib, bilimli, kitobxon oila sifatida e’tirof etilgan Ilhomovlar oilasi tanlovning viloyat bomqichida Uchquduq tumani sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

