AMALIY USLUBIY YORDAM
2026-05-06 09:00:00 / Yangiliklar
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari — pulmonolog, tibbiyot fanlari nomzodi Tadjixodjayeva Yu. X., terapevt Imankulova DJ. A. hamda kardiolog Mirbayzaev A. A. amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Navoiy viloyatining Uchququq tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mutaxassislar bemorlarni chuqur ko‘rikdan o‘tkazib, ularning hozirgi sog‘liq holatini baholadilar hamda davolash jarayonlarini zamonaviy klinik tavsiyalar asosida takomillashtirdilar.
Shuningdek, pulmonolog, t.f.n. Tadjixodjayeva Yu. X. tomonidan “Interstisial o‘pka kasalliklari” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ma’ruza davomida mazkur kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb jihatlari atroflicha yoritildi. Xususan, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati, spirometriya tekshiruvining o‘rni hamda har bir bemorning individual klinik xususiyatlaridan kelib chiqib davolash usullarini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza yakunida qizg‘in savol-javob va munozaralar tashkil etildi. Unda shifokorlar o‘z amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, murakkab klinik holatlar yuzasidan fikr almashdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

