Ochiq eshiklar kuni
2026-05-05 11:35:00 / Yangiliklar
Bugun Uchquduq tuman 2-son texnikumida “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Nurladin Muratov hamda Nafisa Najmiddinova ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Ular yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida:
mehmonlar texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kasbiy ko‘rgazmalarni tomosha qildilar
amaliy mashg‘ulotlar va namoyishlarda ishtirok etdilar
Shuningdek, malakali ustoz va mutaxassislar bilan muloqot qildilar.
Tadbir davomida sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustozlar mehnati ham e’tirof etildi.

