CHORVACHILIKDA SANITARIYA-GIGIYENA OYLIGI E’LON QILINDI
2026-04-22 12:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda 18-apreldan 18-maygacha chorvachilik fermer xo‘jaliklarida "Sanitariya, gigiyena va dezinfeksiya oyligi" deb e’lon qilindi. Mazkur tadbir chorva mollari orasida kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Uchquduq tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Do‘stmurod Astanov rahbarligida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Bugungi kunda dunyoda ekologik muvozanat va iqlim o‘zgarishi natijasida chorva hayvonlari orasida turli yangi kasalliklar yuzaga kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda chorva mollari o‘rtasida oqsil (yashur) kasalligi tarqalish xavfi tobora ortib borayotganligi haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlandiki, jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2025–2026 yillarda 48 ta davlatda ushbu kasallikning yangi “SAT” tiplari qayd etilganl. Amalda qo‘llanilayotgan vaksinalar bu tiplarga qarshi to‘liq himoya qilmasligi inobatga olingan holda kasallik tarqalishining oldini olishda barcha fermer va chorvadorlarning mas’uliyati va faol ishtiroki nihoyatda muhim hisoblanadi.
ESLATIB O‘TAMIZ!
Xo‘jalik va fermalarda veterinariya-sanitariya tartiblariga qat’iy rioya qilish;
*kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish;
*begona shaxslar va transport vositalarining kirishini cheklash;
*hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik talablarga amal qilish;
*sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash;
*hududni doimiy tozalikda saqlash;
*zararli jonivorlarga qarshi kurashish zarur.
Bundan tashqari hozirgi kunda tumanimizda qrim kongo gemorragik isitmasi kasaligi, qutiri, brusellioz nodulyarni dermatit, kuydirgi kasalliklariga qarshi hamda dezinfeksiya va deratizatsiya profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Bu kabi muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirishda Siz veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni sifatli va jadal tashkil etishingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Uchquduq tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi.

