Ona suti topilmas ne’mat!
2026-04-20 11:35:00 / Yangiliklar
Islom shariati ona sutini bolaning haqlaridan biri deb hisoblaydi. Zero, Alloh taolo Qur’oni Karimda bunday marhamat qilgan:
«Onalar farzandlarini to‘liq ikki yil emizurlar. (Bu) emizishni batamom qilmoqchi bo‘lgan kishi uchundir» (Baqara surasi, 233-oyat).
Ma’lumki, bolaning turli kasalliklarga qarshi kurashuvchi immunitet tizimi ikki yoshga kelib rivojlana boshlaydi. Ikki yoshgacha bolaning organizmi ona sutida mavjud ozuq moddalarga, ya’ni antitanacha va fermentlarga muhtoj. Alloh taolo O‘zigagina ma’lum hikmat bilan emizish muddatining ikki yil qilib belgilashini bugungi kunda tadqiqotchilar ko‘pgina ilmiy izlanishlardan so‘ng kashf qilishmoqda.
Olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda ko‘rish hamda immunitet tizimi sun’iy aralashmalar bilan oziqlangan bolalarnikiga qaraganda tezroq rivojlanishi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ularning aqliy salohiyati boshqa bolalarnikiga qaraganda erta rivojlanishi aniqlangan. Kentukki universiteti professori Jeyms Anderson «Bolani ona suti bilan boqish nafaqat uning sog‘lig‘iga, balki aqliy qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi» degan xulosaga keldi. U «American Journal of Clinical Nutrition» jurnalida ona suti bilan oziqlangan bolalarning aqliy salohiyat darajasi sun’iy sut bilan oziqlanganlarnikiga qaraganda 5 ball yuqori ekanini qayd etgan.
Ko‘krak suti sun’iy sutga qaraganda oson hazm bo‘ladi. Undagi oqsil tarkibida sutning yengil hazm bo‘lishiga yordam beruvchi alohida modda – (V-laktoza) mavjud bo‘lib, u shifokor va mutaxassislarni ham hayratga soladi. Sun’iy ozuqa tarkibi qanchalik boyitilmasin, baribir yaxshi hazm bo‘lishda ona sutiga yetolmaydi. Hatto ba’zi moddalar ona sutidagi miqdordan yetti marotaba orttirilganda ham qoniqarli natija olinmagan.
E’tiborli jihati, ona suti turli mikroblardan xoli bo‘ladi. Shuningdek, pishirish va isitishni talab qilmaydi. Afsuski, oramizda qaddi-qomati buzilmasligi uchun va boshqa bir qancha o‘rinsiz sabablarga ko‘ra bolasini sun’iy sut bilan oziqlantiryotgan onalar ham talaygina. Shu o‘rinda bir hadisni keltirib o‘tsak:
Hadisdan ko‘rinib turibdiki, farzandini ko‘krak suti bilan emizgan ona Alloh taoloning ajr va savobiga ega bo‘ladi. Ammo shunday onalar ham borki, o‘zlari istasalar ham sog‘lig‘idagi muammolar yoki sutining ozligi sababli sun’iy sutdan foydalanishga majbur bo‘lishadi. Shunday vaziyatlarda emizikli ayollarga ba’zi tavsiyalar beriladi. Bu tavsiyalardan biri qora sedana iste’mol qilishdir. Qora sedana emizikli ayollarda sutning ko‘payishiga yordam beradi.
Uchquduq tuman imom xatibi ayol-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari To‘raqulova Odinaxon
