Uchquduqda yoshlar kuni
2026-04-16 16:10:00 / Yangiliklar
Joriy yil 24 fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilandi. Mazkur tashabbus yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchquduq tumani hokimi Uchqun Yelmuratov hamda mas’ul rahbarlar tomonidan joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Jumladan, tuman hokimining bugungi tashrifi doirasida “Abay” mahallasida yashovchi Ozodbek Xayriddinov sartaroshlik faoliyatini kengaytirish maqsadida 50 mln so‘m miqdorida kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, metall panjaralar hamda turli uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash bilan shug‘ullanayotgan Zafarjon Bahodirov ham o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun kredit olish bo‘yicha ko‘mak so‘radi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan ushbu taklif va murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
