SAYYOR QABULDAGI AKSARIYAT MUROJAATLAR O‘Z YЕCHIMINI TOPDI
2026-04-01 17:55:00 / Yangiliklar
Bugun “Nuroniylar” maskanida tuman hokimi Uchqun Yelmuratov rahbarligida o‘tkazilgan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholi murojaatlari bevosita tinglandi.
Sayyor qabulda ishtirok etganlar bandlik, sog‘likni tiklash, moddiy yordam ko‘rsatish hamda mahallalardagi infratuzilmaga oid 13 ta muammoli masalalar bilan murojaat qildilar. Qabul davomida joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, Nafosat Qamariddinovaning farzandini davolatish bo‘yicha qilgan murojaati tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Maqsud Norqulovga yuklatildi. Viloyat markaziga borib davolanish uchun order ajratiladigan bo‘ldi. Eryigit Islomovga esa oyog‘ini davolatish va tomografiya ko‘rigidan o‘tish uchun viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yo‘llanma berish masalasi ijobiy hal etildi.
Tozagul Do‘stmurodovaning o‘g‘li va kelinini ishga joylashtirishni so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi. O‘g‘li “Mustaqillik” mahallasida, kelini esa “Do‘stlik” mahallasidagi boshqaruv servis kompaniyalariga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi. Yana bir fuqaro Hamza To‘yevning Altintau OFY Qulquduq ovulidagi 1-maktabga jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi sifatida ishga joylashtiriladigan bo‘ldi.
Sayyor qabulda bandlik masalasida murojaat qilganlarning ishga qabul qilinishini nazorat qilish va bu haqda axborot taqdim etish tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Hayot Mirmanov zimmasiga yuklatildi.
Muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bayon rasmiylashtirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Uchquduq tuman hokimligi axborot xizmati.
