UCHQUDUQDA NECHA NAFAR YOSH PROBATSIYA HISOBIDA?
2026-03-26 11:05:00 / Yangiliklar
Yoshlik hamma narsaga qodirlikdir. Ming afsuski ana shu davrda kimdir bilib, kimdir bilib bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qoladi. Bugungi kunda Uchquduq tumani IIB Probatsiya hisobida turganlarning yoshlar
23 nafarini yoshlar tashkil qiladi. Ularni kelgusida qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish maqsadida ular bilan manzilli ishlarni olib borib, ularni ijtimoy moslashtirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Uchquduq tumani Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarga jalb qilib kelinmoqda. Ayniqsa, nazorat ostidagi yoshlar o‘rtasida qiziqarli sport bellashuvlarini tashkil etish ularni ijtimoiy hayotga moslashtirib, sog‘lom turmush tarziga qaytarish, sportga qiziqishlarini yanada oshirishga imkon yaratilmoqda. Ming afsuski shunday gul umrini bir daqiqalik kayf safoga almashtirgan probatsiya hisobida turgan yosh tomonidan bitta giyoxvandlik moddadarini iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi. Va hozirgi kunda tuzalish yo‘liga kirib chin dildan pushaymon bo‘lganligi o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarganligini inobatga olib mart oyi davomida JIB Uchquduq tuman sudi tomonidan 3 nafar yoshlar muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Bekzod Karomiddinov
Uchquduq tumani IIB JXX Probatsiya
guruhi katta inspektori mayor
