SHKB DIREKTORI KUBOGI G'OLIBLARI ANIQLANDI
2026-03-17 11:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-sonli qaroriga muvofiq, “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasida ishchi-xodimlarni ommaviy sportga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari muntazam tashkil etilmoqda.
Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi sifatida Kon boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazilib, 2026-yil 16-mart kuni o‘z yakuniga yetdi.
“Lochin” sport majmuasida 20 kundan ortiq davom etgan bellashuvlar jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va hamjihatlikni mustahkamladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, xotin-qizlar o‘rtasida 3-o‘rin MFKL, 2-o‘rin ISGT va OSS, 1-o‘rin 3-GMZ jamoasiga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rin IHQO, 2-o‘rin “Sharqiy koni”, 1-o‘rin esa 3-GMZ jamoasi tomonidan qo‘lga kiritildi.
G‘olib va sovrindorlar 1-sonli BKUQ tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda “Direktor kubogi” bilan taqdirlandi.
