my.gov.uz ortiqcha ovoragarchilikka chek qoʻying!
2026-03-11 11:40:00 / Yangiliklar

my.gov.uz (https://my.gov.uz/)'da "O'zini o'zi band qilish" (https://my.gov.uz/uz/service/491) xizmati yanada qulaylashdi! Ortiqcha ovoragarchilikka chek qoʻying!
Hayotingizni osonlashtirish uchun my.gov.uz (https://my.gov.uz/) 24/7 tartibida ishlamoqda!
Endi "O'zini o'zi band qilish (https://my.gov.uz/uz/service/491)" xizmati sizga maksimal qulaylik va raqamli xavfsizlikni birgalikda taqdim etadi. Bunga ortiqcha vaqt va pul sarflash shart emas!
Hammasi juda oddiy!
Ariza toʻldirish jarayonida sizdan faqat faoliyat turi, uni amalga oshirish hududi va telefon raqamingizni kiritish talab qilinadi. Shundan soʻng, yuzni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali shaxsingizni tasdiqlasangiz kifoya. Boʻldi, faoliyatingiz rasman roʻyxatdan oʻtadi!
Bunda roʻyxatdan oʻtishdan tashqari quyidagi imkoniyatlardan ham foydalanish mumkin:
Kerakli ma'lumotnomalarni osongina yuklab olasiz.
Agar faoliyatingiz oʻzgarsa, uni tezda yangilasangiz bo'ladi.
Zarurat tugʻilganda, faoliyatingizni bekor qilish ham oddiy.
Agar siz oʻz kasbingiz egasi boʻlib, erkin ishlashni xohlasangiz, faoliyatingizni my.gov.uz (https://my.gov.uz/) orqali rasmiylashtirib qoʻyishni unutmang! Bu sizga rasmiy maqom beradi va kelajakda bir qancha imtiyozlarga ega boʻlishga ko'maklashadi.
Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari roʻyxati bilan tanishishni unutmang! (https://lex.uz/docs/-4849607#-4850688)
Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!
Ma'lumot uchun: O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi. Bu to‘lov mehnat stajini hisoblashga xizmat qiladi.
