RAMAZON OYI — MEHR-MURUVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
2026-03-11 10:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 17 fevraldagi “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-67-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uchquduq tumanida ham xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yakka-yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalardan iborat 76 ta oila uchun ro‘yxat shakllantirildi.
Ushbu oilalarning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi tomonidan yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
