Prezident qarori — Uchquduq farovonligiga xizmat qiladi
2026-02-18 16:40:00 / Yangiliklar
2026 yil 11 fevral kuni qabul qilingan Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarori yurtimizda hududlar taraqqiyotiga berilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Mazkur muhim hujjat eng chekka hududlarida ham sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, investisiya, turizm va infratuzilma sohalarida yangi bosqichga chiqishi uchun mustahkam huquqiy va tashkiliy zamin yaratadi.
Ayniqsa, uchquduqliklar uchun ham yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Qarorda suv resurslaridan oqilona foydalanish, barobarida Uchquduqda sug‘orish tizimini uchun quvurlar tortilishi ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan g‘oyat dolzarbdir. Shuningdek, "Navoiy-Zarafshon-Uchquduq " yo‘nalishida elektropoyezdlar yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz uchun qulaylik hisoblanadi.
Turizmni rivojlantirish, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish, yirik turistik maskanlarni shakllantirish, piyodalar va sayyohlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratish bo‘yicha rejalar viloyatimizning turistik jozibadorligini keskin oshiradi. Bu esa xizmat ko‘rsatish, savdo va hunarmandchilik sohalari rivojiga kuchli turtki beradi.
Eng muhimi, mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, joylarda aholi bilan muloqotlar orqali islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish, muammolarni manzilli hal etish bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Zero, har bir loyiha va tashabbus ortida inson manfaati, oila farovonligi va hudud ravnaqi mujassam.
Bahodir Sharipov,
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati
