“Ayollar daftari”ning yettinchi bosqichiga start berildi
2026-02-11 14:25:00 / Yangiliklar

➡️Uchquduq tumanida tuman hokimi Uchqun Yelmuratov raisligida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli ravishda o‘rganish va hal etish maqsadida tashkil etilgan yig‘ilishda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nafisa Najmiddinova hamda mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Unda 7-bosqich “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xatlov ishlarini tashkil etish borasida vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
➡️ Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ni yuritishdagi yangi yondashuvlar, kiritilgan o‘zgarishlar hamda belgilangan tartib-qoidalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ro‘yxatga olish va manzilli yordam ko‘rsatishda mahallalarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
➡️ Ushbu bosqichda Uchquduq tumanida “Ayollar daftari”ga kiritish rejalashtirilgan ayollar bilan individual ishlash, muammolarini chuqur o‘rganish hamda bandlik, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
