Ro‘yxatga olish nega muhim ?
2026-02-02 15:10:00 / Yangiliklar
Ro‘yxatga olish natijasida mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy holatini har tomonlama aks ettiruvchi ishonchli ma’lumotlar bazasi shakllanadi. Ushbu ma’lumotlar davlat dasturlarini rejalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilishda muhim manba bo‘ladi.
Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘planadi:
— demografik ko‘rsatkichlar;
— aholining ijtimoiy holati;
— uy-joy sharoitlari;
— qishloq xo‘jaligi faoliyati;
— hududiy rivojlanish darajasi.
Mazkur ma’lumotlar umumlashtirilgan statistik ko‘rinishda tahlil qilinadi va maktab, bog‘cha, shifoxona, yo‘l kabi ijtimoiy ob’yektlarni qayerda va qanday quvvatlarda qurish zarurligini belgilash, shuningdek, kelgusi taraqqiyot strategiyalarini ishlab chiqishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu jihatdan, mazkur tadbir mamlakatning bugungi holati va kelgusi rivoji uchun muhim strategik axborot manbai hisoblanadi.
Ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari joriy yilning 1 iyuliga qadar, yakuniy ma’lumotlar esa 2027 yil 1 iyuliga qadar e’lon qilinadi.
Shu o‘rinda onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni ikkinchi bosqichda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
