KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABAT
2026-01-20 10:55:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, hurmatli Tumanimiz aholisi va mehmonlar!
Men, Norqulov Maqsud Mustapoyevich, Uchquduq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo’yicha berilgan topshiriqlarni o’z jamoam bilan birgalikda namuna bo’lib ijrosini ta’minlashga korrupsiyaga qarshi murosasiz bo’lishga va’da berman.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, u xalqimizning adolatga, qonun ustuvorligiga va davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iyan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu soha bevosita inson hayoti va bolalarimiz sog‘lig‘i bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, jumladan sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyani bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025-yil 21-apreldagi 147-sonli Prezident qarori bilan tasdiqlangan “Korrupsiyadan xoli 5 ta soha” dasturi doirasida sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli soha sifatida shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Biz, Uchquduq tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi, ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi amaliy ishlarni izchil olib bormoqdamiz:
1. Raqamlashtirish ishlari
💚 Barcha ambulator va statsionar murojaatlar DMED tizimi orqali yuritilmoqda;
💚 Maslahat poliklinikasida elektron navbat tizimi joriy etilgan;
💚 Yuqori texnologik diagnostika va davolash uchun elektron order tizimi amalda;
💚 Elektron retsept tizimi joriy etishning yakuniy bosqichida.
2. Tibbiy sug‘urta tizimi asosida xizmatlarni tashkil etish.
3. Кorrupsiya holatlari yuzasidan murojaat qilish uchun ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
4. Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida DXX, IIB va prokuratura mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
5. Markazning barcha bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari joylashtirilgan.
6. Bemorlar va ularning yaqinlari fikrini o‘rganish uchun anonim so‘rovnomalar muntazam o‘tkazilmoqda.
7. Statsionar bemorlar 80 foizgacha dori-darmon bilan bepul ta’minlanmoqda.
8. Har bir bo‘limda bepul mavjud dori-darmonlar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib borilmoqda.
Shu bilan birga, men rahbar sifatida:
💚 korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishimni;
💚 xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymasligimni;
💚 muassasada ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlashimni;
💚 barcha xodimlardan qonunlarga qat’iy rioya etishni talab qilishimni bildirmoqchiman.
Har bir xodim shuni anglab yetishi lozimki, korrupsiyaga qarshi kurash – faqat rahbarning emas, balki barchamizning vijdoniy va fuqarolik burchimizdir. Halollik va mas’uliyat bizning kundalik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi shart.
Hurmatli fuqarolar!
Agar, Tibbiyot birlashmamizda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qiling:
📞 Tibbiyot birlashma ishonch raqami: 79-593-19-35
📞 ishonch raqami: 11 03
📞 Uchquduq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i: + 998 33 890 00 03
Biz korrupsiyaga birgalikda qarshi turamiz!
Korrupsiyasiz tizim – sifatli tibbiy xizmat va xalq ishonchining garovidir.
