#Мunosabat
2026-01-06 17:15:00 / Yangiliklar
#Мunosabat
#Мurojaatnoma_2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan navbatdagi murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab bergan, chuqur tahlil va aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan dasturiy hujjat bo‘ldi.
Murojaatnomada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha yoritib berildi.
Ayniqsa, inson qadrini ulug‘lash, adolatli jamiyat barpo etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar barchamizni befarq qoldirmadi.
Davlat boshlig‘ining mahallalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish borasida bildirgan fikrlari har bir rahbar va mutaxassisdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab etadi.
Prezident murojaatnomasi nafaqat davlat idoralari, balki keng jamoatchilik uchun ham amaliy dastur bo‘lib, unda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish orqali Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yiladi.
Biz, o‘z navbatida, murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishni o‘zimizning asosiy burchimiz, deb bilamiz.
RMMM Uchquduq tuman bo‘linmasi rahbari J.Bulekbayevа
