Xalqaro hamkorlik
2025-12-11 14:45:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyat kasbiy ta’lim soha delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining bir qator yetakchi ilmiy-innovatsion markazlarida tashrif bilan bo‘ldi. Jumladan:
• “China Merchants Group” avtomobillarni test sinovdan o‘tkazish kompaniyasi;
• “Automotive Software Innovation Center” sun’iy intellekt va dasturlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi;
• “Sino-German TUV Rheinland Industry Innovation Center” sanoat innovatsiyalari ilmiy-tadqiqot markazi.
Tashrif davomida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, umumiy xulosalar chiqarildi. Natijada “Western China (Chongqing) Research Institute on Academia–Industry Integration” kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ushbu yuqori saviyadagi uchrashuvlarda Uchquduq tumani nomidan Uchquduq tuman 1-son texnikumi direktori Qodirov Behzod Kamoliddinovich ishtirok etmoqda!
Muzokaralar davom etmoqda…
Keyingi manzil: Xitoy davlatining poytaxti Pekin shahri.
