UCHQUDUQLIK PEDAGOGLAR TURKIYADA!
2025-12-04 15:05:00 / Yangiliklar
🔴O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida maktab ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 1–8 dekabr kunlari Uchquduq tumanidan bir guruh pedagoglarimiz Turkiya davlatida malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔴Ushbu safar doirasida:
🟠3-umumta’lim maktabi — ingliz tili fani o‘qituvchisi Gaffarova Radonat Ravshanovna;
🟠7-umumta’lim maktabi — ingliz tili fani o‘qituvchisi Ibragimova Dilshoda Zafarbekovna;
🟠10-umumta’lim maktabi — tarix fani o‘qituvchisi Temirov Laziz Rasulovich;
🟠18-umumta’lim maktabi — kimyo fani o‘qituvchisi Qodirova Dilnoza Aminovna;
🟠20-umumta’lim maktabi — fizika fani o‘qituvchisi Mustafoyeva Shaxnoza Ergashevna ishtirok etmoqdalar.
🔴Bu safar ularga xorijiy davlatlardagi zamonaviy pedagogik tajribalarni o‘rganish, innovasion metodlar bilan tanishish va maktab ta’limi sifati hamda o‘z pedagogik mahoratini yanada yuksaltirish imkonini beradi.
🔴Uchquduqlik pedagoglarimiz ushbu safar doirasida o‘rgangan bilimlari va tajribalarini maktablarimizda samarali qo‘llashadi deb ishonamiz.
