Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-09-26 12:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumanida xitoylik investor Vang Chjaolyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqotda O‘zbekiston, ayniqsa, Farg‘onada xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit, shart-sharoitlar xitoylik tadbirkorlarda yangi loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish uyg‘otayotgani qayd etildi.
Jumladan, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar takliflari ilgari surildi.
Viloyat hokimi aniq reja va hisob-kitoblarga asoslangan, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda import o‘rnini bosishga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda hamkorlik jarayonlari kelishib olindi.
