Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
2026-07-08 14:35:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” doirasida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida “Vikor metan” korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkillangan mehnat yarmarkasida 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
Yoshlar dastlab mazkur ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oylik ish haqi va malaka talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazilgan yarmarka davomida korxona tomonidan yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etildi.

