Yoshlar kuni doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-04-09 10:50:00 / Yangiliklar
Uchko‘prik tumanidagi 15-umumta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan, yoshlarning ertangi istiqboli, ma’naviyatimiz rivoji uchun xizmat qiluvchi besh muhim tashabbus doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Dastlab o‘quvchilar ishtirokida sport turlari va milliy oʻyinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Madaniyat va san’at, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarda, shuningdek, "Zakovat" intellektual o‘yinida ham o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning rassomlik, pazandalik, aktyorlik mahoratlarini namoyish etishga qaratilgan ko‘rgazmalar va chiqishlar tashkillandi.
Tadbir yakunida maktabning faol o‘quvchilari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


