O‘quvchilar dual ta’lim asosida bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlashmoqda
2026-03-14 10:25:00 / Yangiliklar

O‘quv va amaliyot xonalari zamonaviy elektron doskalar, zarur asbob-anjomlar va texnik vositalar bilan jihozlangan.
Texnikumlarda o‘quvchi-yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardosh kasb yo‘nalishlarini egallashlari, dual ta’lim asosida bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Texnikumlarda tikuvchilik yo‘nalishi ta’lim ustalari rahbarligi ostida turli yopinchiqlar, dasturxonlar, bolalar kiyimlari tikish yo‘lga qo‘yilgan. Tikuvchilik yo‘nalishida 84 nafar o‘quvchi dual ta’limga qamrab olingan.
Amaliy mashg‘ulotlar va tayyorlangan mahsulotlarni sotish uchun tuman hokimligi tashabbusi bilan “Boboshbek” savdo kompleksida alohida joy ajratilgan.
Dual ta’lim asosida o‘quvchilar haftaning uch kunida texnikumda tahsil olishmoqda, uch kun esa majmuadagi tikuv sexlarida tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganishmoqda.



