Yosh tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-12 10:15:00 / Yangiliklar
Uchko‘prik tumani hokimligida yosh tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkillandi.

Tuman hokimi o‘rinbosarlari, yoshlarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, yoshlar yetakchilari ishtirok etgan uchrashuvda yigit-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va mavjud faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tijorat banklari vakillari tomonidan “Kelajakka birinchi qadam”, "Yorqin kelajak sari", "Kelajak uchun start" dasturlari, yoshlar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.
Yoshlarning biznes loyihalari bilan tanishildi, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasidagi taklif va tashabbuslari tinglandi, mavjud muammolarini hal etish choralari ko‘rildi.


