Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-12 16:55:00 / Yangiliklar

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Uchko‘prik tumanida 2025 yilning to‘rtinchi choragi mobaynida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning borishi to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorining Uchko‘prik tumanida ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025 yilning to‘rtinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Uchko‘prik tumanida 2025 yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025 yilning to‘rtinchi choragi davomida Uchko‘prik tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumanida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.


