Har bir murojaat e’tibor va nazoratda
2026-06-20 15:00:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov shu haftaning o‘zida Yettikon va Temirqishloq mahallalarida aholi vakillari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bugun esa “Xalq qabulxonasi”da fuqarolardan uy-joy ta’mirlash, tibbiy yordam olish, elektr energiyasidan bo‘lgan asossiz qarzdorlikni bartaraf etish, oilaviy masala hamda bog‘dorchilik uchun yer maydoni ajratilishi kabi masalalardagi so‘rovlar bo‘yicha mas’ullarga aniq muddat bilan topshiriq berildi.






