Bugungi sayyor qabul Temirqishloqda o‘tkazildi
2026-06-17 15:00:00 / Yangiliklar

Bu yerda uzoq yillardan beri oqova suvi muammo. Tomorqalardagi ekinlarni sug‘orish zarur. Shu haqidagi murojaatga javoban, tuman rahbari bunday masalalar navbati bilan dasturlar asosida hal etib kelinayotgani, masalan, joriy yilda ham ikkita mahallaga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” bo‘lishi uchun 5 milliard so‘mdan, yana to‘rtta og‘ir toifadagi mahallaga 3 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilganini aytib o‘tdi. Temirqishloq aholisiga ham hozircha mavjud imkoniyatlardan foydalanib, suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bugundan boshlab maxsus Ishchi guruhi asosiy masalalarni hal etish bo‘yicha ish olib boradi.
Sayyor qabul davomida elektr ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlari o‘rnatish, xonadonidan o‘tgan ariqni ko‘chirish haqida ham murojaatlar tinglandi.
Qabuldan so‘ng hokim Sherali Qosimov holat bilan tanishish uchun xonadonlarda bo‘ldi. Ko‘riladigan choralar xususida faollar bilan maslahatlashildi.









