Fuqarolardan murojaatlar tinglandi
2026-06-16 15:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimining o‘rinbosari Ikromjon Parpiyevning bugun o‘tkazgan shaxsiy qabulida davolanish, o‘quv kursi ochish, uy-joyni ta’mirlash, yangi maktab qurilishi, nogironlik guruhiga o‘tkazish kabi masalalar kelib tushdi.

Ta’kidlash joiz, salomatlik bilan bog‘liq murojaatlar o‘rnida yechim topadi, chunki tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy muolaja olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Viloyat yoki respublika miqyosida hal etilsa ham shu joydan yo‘naltiriladi.
Boshqa masalalar ham tegishlicha mas’ullarga yuborildi.




